AQŞ prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqi va Kanada örtasidagi hamkorlikning yanada kengayişiga keskin munosabat bildirdi.

16-sentabr kuni Şimoliy Karolinada jurnalistlar bilan suhbatda Trampdan Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayenning Kanadani YeIning birinçi «assotsiatsiyalangan aʼzosi»ga aylantiriş rejasi haqida söraldi.

Tramp bu ğoyani «kulgili» deb atab, Yevropa Ittifoqining harakatlarini AQŞga nisbatan döstona bölmagan qadam deb baholasa, Vaşington javob çoralarini körişini bildirdi.

Uning sözlariga köra, bunday vaziyatda Yevropa tovarlariga «juda yuqori bojlar» joriy etiş yoki Yevropa bilan savdoni töxtatiş variantlari körib çiqilişi mumkin.

Şu bilan birga, Tramp YEI va Kanada örtasidagi yaqinlaşuv qanday maqsadni közlaşi muhimligini aytgan. Agar bu harakatlarda AQŞga qarşi niyat körilmasa, uning sözlariga köra, muammo bölmaydi.

Kanada YeIning «assotsiatsiyalangan aʼzosi» bölişi mumkin

Trampning bayonotidan avval Ursula fon der Lyayen Yevropa parlamentida Kanada boş vaziri Mark Karni iştirokida Yevropa Ittifoqi Kanada bilan munosabatlarni «imkon qadar eng yuqori darajaga» olib çiqiş niyatida ekanini maʼlum qilgan.

Fon der Lyayen Mark Karni bilan birgalikda Kanadaning Yevropa Ittifoqi tarixidagi birinçi «assotsiatsiyalangan aʼzo»ga aylanişi ustida işlaşni xohlayotganini aytdi.

Hozirça bunday maqom nimani anglatişi va Kanadaga qanday huquq hamda majburiyatlar berişi haqida batafsil maʼlumot berilmagan.

Yevrokomissiya rahbari hamkorlikning istiqbolli yönalişlari sifatida texnologiyalar va mudofaa sanoatini tilga olgan. Uning taʼkidlaşiça, YEI va Kanadaning hamkorligi boşqa davlatlarga qarşi qaratilmaydi, balki ikki tomonni kuçaytirişni maqsad qiladi.

AQŞ va Kanada örtasida savdo ziddiyatlari kuçaygan

Trampning Yevropa Ittifoqiga ogohlantirişi Vaşington va Ottava örtasidagi savdo ziddiyatlari kuçaygan bir paytga töğri keldi.

16-sentabr kuni Tramp Kanadada işlab çiqarilgan tovarlarni AQŞning federal fuqarolik davlat xaridlari tizimidan çiqariş böyiça çoralar körişni nazarda tutuvçi memorandumni imzoladi.