Oq uy amerikalik harbiylarga Somalida "Al-Şabob" guruhi jangarilariga aviazarbalar beriş böyiça kengroq vakolatlar berdi. Bu haqda Pentagondagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

Manbalarinng aytişiça, Somalining ba'zi hududlari AQŞ ma'muriyati tomondan 180 kunga "faol harbiy harakatlar hududi" deb tan olingan. Mamlakat poytaxti Mogadişo şahriga bu tartib tatbiq qilinmaydi.