1985 yilda sotuvga çiqarilgan birinçi mobil telefon faqat bitta musiqa va diod çiroqli displeyga ega bölib, oğirligi 800 grammni taşkil etgan. U faqat 30 ta raqamni “eslab qolgan”, akkumulyatorining zaryadi esa bor-yöği 35 daqiqaga yetgan. DynaTAC deb nomlanuvçi uşbu telefonning narxi 3 995 dollar turgan. Telefonning mağrur (va juda badavlat) egalari esa undan qönğiroq qiliş va SMS yuboriş bilan birga muşaklarini ham maşq qildirişi mumkin edi.
Mobil telefonlar uzoq vaqt davomida besönaqay bölgan, ular ğiştni eslatgan (ularni şunday ataşgan ham). Biroq odamlar hamyonbop va funksional smartfonlarga ega bölganidan keyin, internetdan bemalol foydalaniş imkoni tuğildi, yaşaş osonlaşdi va hatto quvnoqroq böla boşladi.
Biz endilikda mobil telefon orqali xaridlar va xizmatlarga tölaş, internetni “keziş”, “fludlaş”, “trollaş” mumkinligiga töxtalib ötirmaymiz. Balki eng muhim va yaqqol közga taşlanuvçi narsa – odamlar orasidagi ijtimoiy aloqalar haqida söz yuritamiz. Bunday aloqalarni örnatiş va uşlab turiş hozir juda osonlaşgan.
Agar siz ötgan asrning 80-yillarida tuğilgan bölsangiz, uzoqda bölgan paytingizda özingiz haqida yaqinlaringizga xabar beriş qay darajada qiyin bölganini yaxşi bilasiz. Variantlar juda kam bölgan: qimmat turuvçi şaharlararo aloqa, telegramma, xat taşuvçi kaptarlar va h.k. Bugun esa u xoh yölning narigi betida istiqomat qiluvçi qöşningiz bölsin, xoh sizdan minglab kilometr uzoqda yaşovçi ota-onangiz bölsin, istagan kişingiz bilan istagan joyingizdan turib deyarli bepul boğlanişingiz mumkin (ayniqsa Wi-Fi bilan qamrab olingan zonalarda ). Boğlanganda ham doimiy rejimda, sutkaning istalgan paytida muloqot qiliş imkoniyati mavjud.
Biz olislarga ketganimizda ham döstlarimiz va oilamiz bilan yaqinlikni yöqotmaymiz – yaqinlarimizning ovozini va çehrasini istalgan paytda va xohlagan joyda eşitişimiz va körişimiz mumkin*. Yaqinlarimizning yonida bölmasak ham ular bilan aloqani uşlab turiş juda muhim. Çunki aksariyat hollarda bizdan uzoqda bölgan yaqin kişilarimizning maslahati, qöllab-quvvatlaşi, şirin sözi biz uçun katta ahamiyat kasb etadi...
Biz özaro muhim fayllar bilan almaşgan, katta hajmdagi ma'lumotlarni jönatgan va olgan holda xorijlik hamkorlarimiz bilan işlaymiz, bunda ma'lumotlarning begonalar tomonidan öqilişidan xavfsiramaymiz**. Boşqa mamlakatlar va mintaqalardagi hamkorlar bilan muzokaralar ötkaziş uçun odamlar yaqin-yaqingaça xizmat safariga borar va unga vaqti, kuçi va pulini sarflardi. Endi esa guruhli çatlar mavjud***: unda siz aytilgan har bir sözni eşitasiz, şartnomalar imzolangunga qadar uçraşişning iloji bölmaganida, işning muhim jihatlarini kelişib olasiz. Tadbirkorlikni sifatli, özingizning va hamkorlaringizning vaqtini tejagan holda amalga oşiriş – bu hozirgi texnologiyalar bizga in'om etgan bebaho ustunlikdir.













