Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram kabi messenjerlar Android'dan ko‘ra iOS'da ko‘proq xavf uyg‘otishi ma'lum bo‘ldi

Barcha mashhur messenjerlarda zaiflik mavjud. Bu ham Android, ham iOS versiyalarga taalluqli. Solar Security kompaniyasi mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi. Bu haqida «Kommersant» gazetasi xabar berdi.
Solar Security eng mashhur to‘qqiz messenjer kodini tekshiruvdan o‘tkazgan: Telegram, WhatsApp, Viber, Facebook Messenger, Signal, Slack, Skype, WeChat va QQ International.
Natijada faqatgina Android nazoratidagi Signal'dagina yirik zaiflik aniqlanmagan. Facebook Messenger va Slack kodlarida to‘rttadan, qolganlarida esa undan ham ko‘p zaiflik borligi ma'lum bo‘lgan.
Android'dagi eng keng tarqalgan yirik zaifliklar sifatida shifrlashning zaif algoritmlari, xavfsiz deb bo‘lmaydigan SSL, bo‘sh parollarning qo‘llanilishi qayd etilgan. Bu qurilmada saqlanuvchi login va parollarning o‘g‘irlanish xavfini oshiradi.
Messenjerlarning iOS-versiyalari Android qurilmalarga nisbatan ko‘proq zaiflikka moyil ekani ta'kidlangan.
Mutaxassislar iOS'dagi Facebook Messenger'da - 12, Viber'da - 15, Skype'da — 17 yirik zaiflikni aniqlashgan. Eng ko‘p xatolar - Xitoyning QQ International va WeChat messenjerlarida.
Kompaniya mutaxassislari ilovalarning iOS-versiyalarida zaiflikning ko‘pligini odatda "Android u qadar xavfsiz hisoblanmasligi" tufayli uning ishlab chiqaruvchilari "himoyalash darajasiga ko‘proq e'tibor qaratishlari" bilan izohlagan.
Messenjerlarning o‘zi xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar haqidagi ma'lumotni tasdiqlashmagan, ularning so‘zlariga ko‘ra, barcha mahsulotlar muntazam ravishda tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
Moskvadagi migrantlar «Amina» mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi
Jahon | 18:43 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim o‘rnatadi
O‘zbekiston | 16:23 / 26.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Etihad Airways'ning sof foydasi 32 foizga o‘sdi
Jahon | 21:55
-
Uy-joy sotib olishda keshbek va otaga aliment to‘lamagan farzandlarning jazolanishi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:47
-
Tramp FZTga ta’sir o‘tkazolsa, bu juda jiddiy xavf tug‘diradi - Kristin Lagard
Jahon | 21:41
-
“Assalomu alaykum” bo‘lmaguncha, ruxsat berishmaydi - tadbirkor qurilishdagi korrupsiya haqida
Iqtisodiyot | 21:05
Mavzuga oid

11:50
AQSh sudi Googleʼga Chrome va Android'ni sotmaslikka ruxsat berdi

23:10 / 26.08.2025
2026 yildan boshlab Android noma’lum dasturchilarning ilovalarini bloklaydi

02:39 / 24.08.2025
Windows 11’da Android ilovalardan foydalanish funksiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda

07:41 / 02.08.2025