Anqara Vaşingtondan turk muxolifatçisi Fathulla Gulenni vaqtinçalik hibsga olişini kutib qolmoqda, deb aytdi Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğlu Anqaraga taşrif bilan kelgan AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson bilan birga bergan matbuot-anjumanida.
"Biz FETO rahbari Gulenning topşirilişini muhokama qildik. Bu yönalişda aniq qadamlarni kutib qolamiz. U vaqtinçalik hibsga olinişini kutib qolamiz, bu haqdagi talabni AQŞ tomonga topşirdik", deb aytdi Çavuşöğlu.
2016 yil 16 iyulga ötar keçasi Turkiyada bir guruh fitnaçilar davlat töntaruviga urinişni amalga oşirişgan. Asosiy töqnaşuvlar Anqara va Istanbulda keçgan. Töqnaşuvlar oqibatida 240 fuqaro halok bölgan, 2 mingdan köproği jarohat olgan. Turkiya hukumati AQŞda yaşovçi Gulenni bu töntaruvga aloqadorlikda ayblagan va AQŞdan uni topşirişni talab qilgan. Gulenning özi esa bu isyonni qoralagan va unga aloqasi yöqligini aytib keladi.

















