Angliya premer-ligasining yanvar oyidagi eng yaxşi futbolçisi va eng yaxşi murabbiyi nomlari ma'lum böldi.

Oy futbolçisi
«Everton» hujumçisi Romelu Lukaku Angliyada mart oyining eng yaxşi futbolçisi deb topildi. 

Belgiyalik futbolçi mart oyida APL doirasidagi uçraşuvlarda jami törtta gol kiritgani uçun mazkur sovringa loyiq körildi.

Oyning eng yaxşisi böliş uçun Lukakudan taşqari King («Bornmut»), Kante («Çelsi»), Dele Alli («Tottenhem»), Jyeymi Vardi («Lester») va Uilfrid Zaa («Kristal Pelas») ham mualliflik qilgandi.

Oy murabbiyi
«Bornmut» boş murabbiyi Eddi Hau Angliya çempionatining mart oyidagi eng yaxşi murabbiyi deb topildi.

Mart oyida «Bornmut» Hau qöl ostida uçta uçraşuv ötkazgan bölib, «Vest Hem» va «Suonsi» jamoalariga qarşi öyinlarda ğalaba, «Mançester Yunayted»ga qarşi öyinda durang qayd etildi.

Hozirda «Bornmut» APLning 11-örnida bormoqda.

Oy murabbiyi böliş uçun Haudan taşqari Kreyg Şekspir («Lester»), Sem Ellardays («Kristal Pelas»), Antonio Konte («Çelsi»), Maurisio Poçettino («Tottenhem») va Yurgen Klopp («Liverpul») ham da'vogarlik qilişgandi.