1 aprel kuni Qirğiziston poytaxtida Mahmud Qoşğariy nomidagi masjid foydalanişga topşirildi. U şahardagi eng yirik şunday inşootlardan biri hisoblanadi. Bu haqda 24.kg axborot agentligi xabar qilmoqda. 

Şu munosabat bilan uyuştirilgan tantanali marosimda Rossiya muftiylari kenngaşi raisi Ravil Gaynutdin, Inguşetiya respublikasi prezidenti maslahatçisi Sapar Isakov, Jogorku Keneş deputatlari va Qirğizistonning yuqori lavozimli diniy mulozimlari qatnaşişdi. 

Marosim taşkilotçilarining qayd etişlariça, masjid «Ilşat» jamoatçilik fondi mablağlari evaziga barpo etilgan.