Sönggi yillarda Ukraina juda jiddiy muammoga duç keldi - mamlakat tom ma'noda öz çiqindilari ostida qolib ketmoqda. Bloomberg şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
Manbada ta'kidlanişiça, Ukrainada 36 ming qonuniy va noqonuniy çiqindixonalar mavjud. Çiqindilarni utilizatsiya qilişda ham talay muammolar bor: hukumat çiqindi yiğiş uçun pul tölaşga şoşilmayapti, şahar ma'muriyatlari esa ularni qayta işlaş ğoyasini juda sekin tarğib qilmoqda va çiqindilarni yöq qiluvçi zavodlar hamda boşqa infratuzilmalar qurilişi uçun kerakli mablağ ajrata olmayapti.
"Ukrainadagi çiqindixonalar aksariyatining xizmat muddati tugab bölgan, şunday bölsa-da, ulardan foydalanişda davom etişmoqda. Ularning har birida kutilmaganda yoqimsiz holatlar röy berişi mumkin", - deya BMT Taraqqiyot dasturining energetika va atrof-muhit sektori rahbari Sergey Volkovning sözlarini keltiradi agentlik.

Ma'lumotlarga köra, Ukrainada 95 foiz qattiq çiqindi çiqindixonalarga yöllanadi. Taqqoslaş uçun - YeIda, Yevrostat bahosiga köra, bu körsatkiç 45 foizdan oşmaydi. Yevropaning 39 mamlakatiga taqqoslaganda, Ukraina çiqindilarining atigi 4 foizigina qayta işlaşga yöllanar ekan.
Naşrda ta'kidlanişiça, Ukrainada ekologik fojia xavfi ortib bormoqda. Ötgan yilning may oyida Lvovdagi çiqindixonada bir neça hafta davomida önlab tonna çiqindi yongan. Voqea 4 nafar qutqaruvçini hayotdan olib ketdi.
Heç kim çiqindilar utilizatsiyasi uçun pul tölaşni istamaydi va bu Ukraina bozoridagi xorijiy kompaniyalarni çöçitmoqda. Bundan taşqari, utilizatsiya bilan boğliq işlarning 80 foizi "çet"da olib boriladi - boşpanasi yöq kişilar köçalar va maxsus punktlardan çiqindilarni yiğib, buning evaziga naqd pul olişadi.












