Qirğizistonda 2017 yilgi haj safari narxi 160 dollarga oşdi va 2760 dollarni taşkil qildi. Bu haqda matbuot-anjumanda Qirğiziston muftiysi noibi Akimjan hoji Ergeşov ma'lum qildi.
Uning aytişiça, haj safari narxi oşişi haj mavsumi yilning issiq davriga töğri kelayotgani sababli Saudiya Arabistonining ziyoratçilar uçun xavfsiz şaroitlarni yaratiş böyiça çoralarni qabul qilişi qarori bilan boğlangan.
"Saudiya Arabistoni Arofat vodiysida yonğinga bardoşli çodirlar örnatmoqçi", deb aytdi noib.
Şu sababli Saudiya Arabistoni haj safari narxini qöşimça 200 dollarga oşirgan, biroq Qirğiziston muftiysi Maksat hoji Toktomuşev bu qiymatni qirğizistonliklar uçun 160 dollargaça kamaytirişga muvaffaq bölgan.
Akimjan hoji Ergeşovning ta'kidlaşiça, dastlabki 400 dollarlik tölovni amalga oşirganlar 3 apreldan boşlab 21 aprelgaça qolgan 2360 dollarni tölaşlari kerak.
2016 yilda Özbekiston fuqarolari uçun haj narxi 10 mln söm atrofida bölgandi. 2017 yil uçun aprelda çiqadigan yangi narx 12-13 mln atrofida bölişi kutilmoqda.












