AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis britaniyalik hamkasbi Maykl Fellon bilan uçraşuvi çoğida Rossiyani Yevropaning strategik raqobatçisi deb atagan, deb yozadi The Guardian naşri.

Mettis Moskvani tanqid ostiga olar ekan, ruslar "butun dunyodagi işlarga aralaşişi"ni, jumladan, Afğonistondagi "Tolibon" harakati bilan ham hamjihat ekanligini ta'kidlagan. U Rossiyaning Qrimdagi harakatlarini ham qoralab, vaziyatni "xalqaro huquqning poymol etilişi", deb atagan.

"Mettisning yondaşuvi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni bir neça bor maqtagan va oqibatda Rossiya bilan aloqalarda gumonlangan Donald Trampning nuqtai nazariga unçalik mos kelmaydi", — deya ta'kidlagan naşr.