Joriy yilning 29 mart kuni Toşkent şahar “Xöja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi Rahmonov şahrimizning “Kamolon” mahallasida yaşovçi boquvçisini yöqotgan, e'tiborga muhtoj oilalar, keksalar xonadonlarini yöqlab, ularning xolidan xabar oldi. Imom-xatib keksalar duosini olib, ular doimo mahallaning ardoğida ekanliklarini bildirdi. Dinimizda inson şa'ni, qadr-qimmatining azizligi, ayniqsa, keksalar duosi saodat kaliti ekanligi, kundan-kunga obod bölib borayotgan yurtimizda heç kim mehr-muruvvatdan çetda emasligini aytib ötdi.
“Allohga şukurki, mahallamiz qadimdan havasli manzillardan hisoblanib keladi. Bu yerdagi yurtdoşlarimiz huddi bir-birlariga qarindoşdek. Yaxşi kunlarida ham, yoki biror musibat onlarida ham özaro yelkadoş bölib, doim bir-birlarini qöllab kelişadi. Qöşnilar inoqlik va samimiyatda asl millatimiz birdamligini namoyon etadilar. Imom-domlamiz taşabbuslari, körsatmalari asosida doimiy ravişda ötkaziluvçi bu kabi ezgu işlar ham sözimizga isbot böla oladi”, - dedi “Kamolon” mahallasi raisi Baxtiyor Sultonov.

















