Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning 2016 yildagi daromadi 12 mln grivna (440 ming AQŞ dollari)ga teng bölgan. Davlat yoki mahalliy özi-özi boşqariş idoralari vazifalarini bajaruvçi şaxslar deklaratsiyalarining Yagona davlat reyestrida şu haqda ma'lum qilingan. 

Hujjatga muvofiq, prezident maoşi 366 342 grivna (13 400 dollar)ni taşkil etgan. 11 902 976 grivna (436 550 dollar)ni Xalqaro investitsiya bankidan foiz sifatida olgan. Siyosatçi  26 252 grivna (960 dollar)ni korporativ huquqlari va qimmatli qoğozlaridan voz keçişi natijasida qölga kiritgan. 

Ukraina rahbari, şuningdek, Kiyev yaqinida 1,3 ming kv.metr maydonda hovli-joyga ega. Bundan taşqari, umumiy maydoni 35 ming kv.m.ga teng yer uçastkalari ham bor. Şu bilan birga, röyxatda poytaxtdagi xonadonlar, Vinnitsadagi turarjoy binosi hamda Odessadagi noturarjoy inşooti qayd etilgan. 

Ukraina rahbari, daromadlar töğrisidagi deklaratsiyaga 2010 yilda işlab çiqilgan Mercedes-Benz Vito avtomobilini, Bayliner motorli qayiği, XIX-XX asr Rossiya va Ukraina rassomlarining kartinalari, XIX-XX asrlarga doir haykaltaroşlik namunalari töplami va boşqa badiiy qiymatga ega asarlarga egaligini ma'lum qilgan. 

Ukraina prezidentining rafiqasi Marina Poroşenkoning 2016 yildagi daromadi 75 ming grivnani taşkil etgan.