AQŞning Florida ştatida, Ejyevoter şahri yaqinida ikkita yengil motorli samolyot osmonda töqnaşib ketdi. Bu haqda şaharning öt öçiriş-qutqaruv departamentida ma'lum qilindi. 

Ma'lum qilinişiça, samolyotlarni ayol va erkak uçuvçi boşqargan. Ularning ikkisi ham halok bölgan. Samolyotlardan biri Cessna-170 rusumidagi samolyot bölgan, ikkinçi samolyotning rusumi hozirça aniqlay olinmagan. Samolyotlarda uçuvçilardan boşqa heç kim bölmagan.

Taxmin qilinişiça, samolyotlar bir-biriga qanotlari bilan tegib ketgan va şundan keyin yerga qulagan. Qutqaruvçilarni voqea guvohlari çaqirtirişgan.