Avstriyaning People's Viennaline aviakompaniyasi dunyodagi eng qisqa reysdan voz keçdi. Bunga aviakompaniya xizmatlariga talab pastligi sabab bölgan. Bu haqda Berliner Kurier tabloidi xabar bermoqda.

Sankt-Gallen-Altenrayn (Şveytsariya) — Fridrixsxafen (Germaniya) yönalişi böyiça oxirgi reys 14 aprelga belgilangan. "Muayyan rivojlaniş kuzatilgandi, biroq biz rejalaştirilgan yölovçilar miqdoriga erişa olmadik", deb aytgan People's Viennaline egasi Markus Kopf.

Uşbu reys 2016 yil 2 noyabrda boşlangan. Yönaliş uzunligi 21 kilometrga yaqinni, parvoz vaqti 8 daqiqani taşkil qilgan. U yerga va ortga çipta narxi 40 yevro turgan.

People's Viennaline aviakompaniyasi 2010 yilda taşkil topgan. U Sankt-Gallen-Altenrayn aeroportida joylaşgan va asosan Xorvatiya, Italiya va Ispaniyaga charter reyslar amalga oşiradi. Kompaniya boş qarorgohi Venada joylaşgan. Aviakompaniya hisobida Embraer 170 va Embraer 145 rusumidagi bor-yöği ikkita yölovçi samolyoti bor.