Dubay şahrida, osmonöpar Burj-Xalifa minorasi yaqinida qurilayotgan baland inşootlardan biriga öt ketdi. Bu haqda Gulf News xabar berdi.
Yonğin mahalliy vaqt bilan soat 5:30da boşlangan (Toşkent vaqti bilan soat 6:30). Aniqlik kiritilişiça, 60 qavatli Address Residence Fountain Views majmuasida yonğin çiqqan. Uşbu bino Dubai Mall va Address Hotel mehmonxonalari örtasida joylaşgan. Bu 2016 yilning yanvaridan buyon röy bergan eng yirik yonğin böldi.
Voqea joyiga öt öçiriş va tez tibbiy yordam xizmatlari yetib kelgan, hukumat atrofdagi yöllarni yopgan.












