Kolumbiyaning Putumayo departamenti poytaxti Mokoada sel oqişi tufayli kamida 14 kişi halok böldi, 60 dan köproq odam jarohat oldi, deb ma'lum qildi BLU Radio radiostansiyasi.
"Mokoa şahri şifoxonasida 60 dan 65 gaça jarohatlangan qolmoqda", deb aytdi tabiiy fojialar oqibatlariga qarşi kuraş milliy agentligi rahbari Karlos Ivan Markes. Uning aytişiça, tabiiy ofat şaharning 17 tumaniga ta'sir qilgan. Ma'lum qilinişiça, önlab odamlar bedarak yöqolgan.
OAV ma'lumotlariga köra, voqeaga hududda bir neça soat davom etgan kuçli yomğir sabab bölgan. Bu Sangoyako va Mulato daryolarining özanlaridan çiqişiga olib kelgan. Radiostansiyaning xabar berişiça, fojia joyiga mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos kelişi kutilmoqda.












