Misrning Suvayş şahridan bölgan sudya giyohvand moddalarni noqonuniy saqlagani uçun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda Al-Ahram naşri xabar berdi. 

Naşr ma'lumotlariga köra, sudya 2016 yil noyabrda maşinasida 68 kg marixuana aniqlangandan keyin hibsga olingan. Giyohvand modda sudyaning avtomobili Suvayş kanali ostidan ötuvçi hamda Afrika va Osiyoni birlaştiruvçi Ahmad Hamdiy nomidagi tunnel oldida tekşiriş uçun töxtatilganda topilgan. Giyohvand moddaning umumiy qiymati 1,5 mln misr funtiga (90 ming dollar) baholangan.

Sobiq sudya bilan birga maşina haydovçisi va ular bilan ketayotgan yevropalik ayol qölga olingan. Ularga 10 yillik qamoq jazosi berilgan. 

Misr qonunçiligiga köra, umrbod qamoq jazosi 25 yilga teng. Voqeadan keyin sudya Misr adliya vaziri qarori bilan iste'foga çiqarilgan.

Misrda gaşiş giyohvand moddasi 1925 yildan beri taqiqlangan.