Ötgan yili Manila xalqaro aeroportidan çiqaverişda közga taşlangan birinçi narsa tezkor magistral uçun estakadalarning qurilişi böldi.

Yil oxirida 11,6 kilometrli NAIA Expressway avtomobil yöli qurilişi yakunlandi. Bu tipik infratuzilmaviy obekt — Filippin iqtisodiyotini ösişga faol undab, unga Osiyoning boşqa mamlakatlariga yetib oliş imkonini beradi.

Filippin — Yaponiyadan Singapurgaça çözilgan mintaqaning iqtisodiy mexanizmlaridagi atigi birgina muvaffaqiyatli "vint"i, Osiyodagi infratuzilmaviy bum esa - iqtisodiyot faol rivojlanişning yagona sababi emas. InsiderPro Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi istiqbolli iqtisodiyotga ega beş mamlakat röyxati bilan bölişdi:

 

1. Laos

Jahon banki ma'lumotlariga köra, qat'iy kommunistik pozitsiyadagi hukumatga ega bu noçor mamlakat joriy yilda öz iqtisodiyotini 7 foizga yaxşilaydi. Bu uning energetika sektoriga sarmoya kiritilgani hamda Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi bilan uzviy aloqalar sabab röy beradi.

Dengizga çiqiş imkoni bölmagan, 7 millionga yaqin aholiga ega mamlakat 2020 yilga borib, 10 foiz uy xöjaliklari elektr ta'minoti tarmoqlarini yaxşilaş ustida işlamoqda.

Energetika vazirligi saytiga köra, elektr energiyasi eksporti ham rejaga kiritilgan. Bundan taşqari, endi  Laosda biznes yuritiş osonlaşadi - bu yangi qabul qilingan qonunlar samarasi böladi. 2016 yilda YaIM 13,7 milliard dollarni taşkil qildi.

 

2. Filippin

Jahon bankiga köra, poytaxtdagi tezkor magistral — joriy yilda YaIMni 6,9 foizga kötarişning yagona sababi emas. Infratuzilmani rivojlantirişga ketadigan davlat xarajatlari rekord körsatkiç - 17,7 milliard dollarga yetadi - bu umumiy YaIMning 5 foizdan ortiğini taşkil qiladi. Filippin axborot agentligi şu haqida xabar berdi.

102 million aholiga ega mamlakat "soliq islohotini tezlaştirişi, davlat infratuzilma loyihalarini rivojlantirişi va davlat-xususiy sektor hamkorligini yölga qöyişi" kerak", - dedi Forbes'ga Metro-Maniladagi Banco de Oro UniBank'ning yetakçi bozor tahlilçisi Jonatan Ravelas.