«Özbekiston» sport majmuasida Özbekiston va Qozoğiston boks jamoalari örtasidagi bahslar qizğin tusga kirdi. Uzbek Tigers Qozoğistonning Astana Arlans jamoasi bilan kuç sinaşmoqda.
Musobaqa reglamentiga köra, boksçilar har biri 3 daqiqalik beş raund kuraş olib borişadi. Tartibga muvofiq, ringga uçinçi bölib, 75 kg vazn toifasidagi boksçilar Isroil Madrimov hamda Saparbay Aydarov çiqib kelişdi.
Hakamlar juda qizğin keçgan jang ğolibligini Isroil Madrimovga taqdim etişdi. Şu bilan Uzbek Tigers jamoasining, keyingi ikki jang natijasi qanday bölişidan qat'inazar, minimal ğalabasi ta'minlandi.
Eslatib ötamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi çempionatining VII fasl uçinçi bosqiç tarkibida Özbekiston şa'nini himoya qiluvçi boksçilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga kötarilişmoqda.












