Armaniston respublikasida parlament saylovlari bölib ötdi. Respublikadagi 2009ta saylov uçastkalarining 1025tasida ovoz byulletenlarini sanaş natijasida 3ta siyosiy partiya parlamentdan örin egallaşi taxmin qilinmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.

Ta'kidlanişiça, parlamentga ötgan partiyalar Armaniston respublikaçilar partiyasi, «Tsarukyan» bloki va «Daşnaktsutyun» partiyasidir.

Hozirgi prezident Serj Sargsyan yetakçiligidagi Armaniston respublikaçilar partiyasi parlamentda aksar köpçilik örinni egallaşi aniq bölib ulgurdi. Sönggi ma'lumotlarga köra, partiya 64 foiz töplaşga muvaffaq bölgan. Armanistonning eng boy tadbirkori Gagik Tsarukyanga tegişli «Tsarukyan» bloki 28,21 foiz ovoz töplagan, «Daşnaktsutyun» partiyasi 6,83 foiz saylovçilar işonçiga sazovor bölgan. 

Qolgan partiya va bloklar parlamentga ötiş uçun zarur bölgan foizlarni qölga kirita olmagan.