Sport | 10:16 / 19.03.2017
22728
2 daqiqa o‘qiladi

Golovkin Jyeykobsga qarshi jangda 4ta kamarni himoya qilib, yengilmas bokschi maqomini saqlab qoldi

Qozog‘istonlik bokschi, o‘rta vazn toifasi vakili Gennadiy Golovkin amerikalik Deniyel Jyeykobsni mag‘lubiyatga uchratdi hamda WBA (Super), WBC, IBO va IBF versiyalari bo‘yicha kamarlarini o‘zida saqlab qoldi.

Shanba oqshomida Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida o‘tkazilgan 12 raundlik jang yakunida hakamlar bir ovozdan Golovkinni g‘olib deb topishdi - 115:112, 115:112, 114:113.

Golovkin u2008 yildan buyon ilk marta ochkolar evaziga g‘olib bo‘ldi, u ilk marta ringda 12 raund o‘tkazdi.

Qolaversa Golovkin uchun bu 17-marta WBA, 15-marta IBO, uchinchi marta IBF, ikkinchi marta WBC titulini himoya qilishi edi.

34 yoshli Golovkin uchun bu 37 jangdan 37 g‘alabaga aylandi (shundan 33 martasi nokaut orqali). 30 yoshda bo‘lgan Jyeykobs uchun bu professional ringdagi faoliyatida ikkinchi marta mag‘lubiyatdir. U 34 jangdan 32ta g‘alaba qayd etgan (29 - nokaut).

 

 

Mavzuga oid