12:36 / 19.03.2017
11658

Golovkin - Jyeykobs jangi va hakamlar boskchilarga qo‘ygan ochkolar (Foto va video)

Ijtimoiy tarmoqda qozog‘istonlik bokschi, o‘rta vazn toifasi chempioni Gennadiy Golovkinning amerikalik Deniel Jyeykobsga qarshi o‘tkazgan himoya jangi videosi paydo bo‘ldi.

Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida 19 martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan jangda Golovkin hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib chiqdi. Bu g‘alabadan keyin Golovkin WBC, IBF va IBO kamarlarini o‘zida olib qoldi. 

34 yoshli qozog‘istonlik bokschi uchun bu professional faoliyatidagi 37 jangdan 37-g‘alaba bo‘ldi (33 nokaut).  30 yoshda bo‘lgan Jyeykobs uchun bu professional ringdagi faoliyatida ikkinchi marta mag‘lubiyatdir. U 34 jangdan 32ta g‘alaba qayd etgan (29 - nokaut).

Shuningdek, tarmoqda ushbu jang yakunida hakamlar bokschilarga qo‘ygan ochkolar ko‘rsatilgan suratlar tarqaldi.

Mavzuga oid
Top