IŞID terrorçilik guruhi Mösul ğarbiy qismida iroqlik harbiylarga qarşi ayol-merganlar otryadlaridan foydalanmoqda.

Bu haqda As Sumaria telekanali Naynava viloyati kuç tuzilmalaridagi manbaga asosan xabar berdi.

Telekanal ma'lumotiga köra, «IŞID ayol-merganlari Mösulning jangarilar nazoratida bölgan tumanlaridagi binolar tomida joylaşib olgan hamda hukumat kuçlari pozitsiyalariga öt oçmoqda». IŞID dala qömondonligi ayol-merganlarni «Ğarbiy Mösulda iroqlik harbiylarga qarşi amaliyot davomida aksariyat merganlarini yöqotganidan söng» foydalana boşladi, deya ta'kidlab ötgan manba.

Sönggi ma'lumotlarga köra, Mösul ğarbiy mavzelarining 30 foizi radikallar nazorati ostida qolmoqda. Jangarilar tinç aholi vakillarini «tirik qalqon» sifatida işlatmoqda, bu esa Iroq kuçlarining şaharning eski qismida harakatlanişini qiyinlaştirdi.