Ostonada ötadigan EKSPO-2017 hududida favqulodda vaziyat sodir böldi – u yerda barpo etilayotgan Kongress-xoll binosida yonğin çiqdi. Binodan buruqsigan kuçli tutun odamlarni qörqitib yubordi, deb xabar bermoqda nur.kz portali muxbiri.
EKSPO-2017 matbuot xizmatida yonğin böyiça ma'lumot berila olinmagan.
"Menda qandaydir yonğin bölgani haqida ma'lumot yöq, bu haqda endi eşitmoqdaman", deb aytgan körgazmani taşkillaştiriş bilan şuğullanuvçi kompaniyaning jamoatçilik bilan aloqalar departamenti direktori Sergey Kuyanov.
Yonğin çiqqani Ostona favqulodda vaziyatlar departamentida tasdiqlandi. Ularning ma'lumotlariga köra, yonğin 2 aprel mahalliy vaqt bilan soat 10.17da boşlangan va bir soatga qolmay öçirilgan.
Ma'lum qilinişiça, Kongress-xoll binosining 4 va 5-qavatlari örtasida kiçik buruqsaş bölib, şu kuçli tutunga sabab bölgan.
Qurbonlar va jarohatlanganlar yöq, voqea tafsilotlari aniqlaştirilmoqda.












