31 mart va 1 aprel kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi Tursinxon Xudaybergenov boşçiligidagi respublika işçi guruhi a'zolari Farğona, Marğilon, Qöqon şaharlarida hamda Rişton tumanida Farğona viloyati aholisi bilan oçiq muloqot tarzida sayyor qabullar ötkazdi.
Sayyor qabullarda Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari Uluğbek Sunnatov, Oliy sud raisi örinbosari Fayzulla Abduazimov, Içki işlar vaziri örinbosari Alişer Mirzayev, Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Saidmurod Saydaliyev hamda viloyatning tuman va şaharlar hokimliklari, prokuratura, içki işlar, sud organlari rahbarlari, boşqa tegişli boşqarma va taşkilotlar mutasaddilari iştirok etdi.
Ma'lumotlarga köra, bugungi kunga kelib Farğona viloyati aholisidan Prezidentning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 62 mingga yaqin murojaat va arizalar kelib tuşgan bölib, ularning 57 mingga yaqiniga tegişli javoblar berilgan va qanoatlantirilgan, 3,7 mingdan ziyodi örganiş va hal etiş jarayonida.
Xususan, tumanlar kesimida vaziyat quyidagiçadir: Oltiariq tumani – 4992, Boğdod tumani – 1734, Beşariq tumani – 1368, Buvayda tumani – 1347, Danğara tumani –1621, Quva tumani – 4373, Qöştepa tumani – 1736, Rişton tumani – 1958, Söx tumani – 576, Toşloq tumani – 2125, Özbekiston tumani – 2373, Uçköprik tumani – 2058, Farğona tumani – 3515, Furqat tumani – 1083, Yozyovon tumani – 1134, Qöqon şahri – 8931, Quvasoy şahri – 2257, Marğilon şahri – 6002, Farğona şahri – 12735.
Murojaatlarning aksariyat qismini uy-joy oliş, uy-joy quriş uçun yer ajratiş, uy-joylarning ta'mirlaşga muhtojligi, sudlarda jinoyat işlari, fuqarolik işlari, xöjalik sudlarida işlarning körilişi hamda sud qarorlarining ijrosi, bank-moliya masalalari, moddiy yordam, pensiya ta'minoti hamda bolalar nafaqasini oliş, mehnat va bandlik, fuqarolik, pasport oliş va propiska masalalari böyiça kelib tuşmoqda.
Farğona viloyatiga uyuştirilgan mazkur sayyor qabullarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tuşgan fuqarolarning turli mazmundagi 400 ga yaqin murojaatlari körib çiqilib, ularning 85 foiziga yaqini joyida hal etildi.
Misol uçun, Rişton viloyatida istiqomat qiluvçi S.Razikova kökrak bezi saratoniga çalinganligini ma'lum qilib, qimmatbaho dori-darmon vositalarini xarid qilişda moddiy yordam körsatişni sörab murojaat etdi. Uşbu masalani tezkorlik bilan hal etiş Soğliqni saqlaş vazirligi vakillariga topşirildi.
Qöqon şahrida yaşovçi X.Şarapova nabirasi S.Mamajonova Rossiyaning Qozon şahrida joylaşgan tibbiyot oliygohida ta'lim olişini ma'lum qilib, uning tahsilini Toşkent tibbiyot akademiyasi Farğona filialiga köçirişda amaliy yordam körsatişni söradi. Mazkur masalani örganiş va ijobiy hal etiş tegişli vazirliklar xodimlariga topşirildi.












