Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga köra 4 va 5 aprel kunlarida Moskvada böladi.
Özbekiston rahbari Vladimir Putin bilan 5 aprel kuni uçraşadi.
ÖzA xabariga köra, Rossiya rahbariyati bilan uçraşuv va muzokaralarda Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşga qaratilgan keng kölamli masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari atrofliça muhokama qilinadi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro dolzarb muammolar yuzasidan ham fikr almaşadilar. Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari böyiça ikki davlat Prezidentlarining Qöşma bayonoti qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Taşrif doirasida Özbekiston—Rossiya munosabatlarini izçillik bilan rivojlantiriş, özaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar, tijorat şartnomalari va boşqa qator hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.
Bundan oldinroq manba Şavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat taşrifi 5 aprel kuni amalga oşirilişi haqida xabar bergandi.












