2017 yilning I çoragida Tesla avtomobillarining dunyo miqyosidagi sotuvlari 69 foizga ösdi. Bu haqida kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.
Manbaga köra, joriy yilning I çoragida jami 25 418 avtomobil sotilgan, ulardan 13 450 tasi — Model S va 11 500 tasi — Model X. Bu raqamlar Tesla faoliyatidagi rekord körsatkiçlar hisoblanadi.
Model S sotuvlari ötgan yilgiga nisbatan taxminan 8 foizga ösdi. Hozirda yana 4 650 avtomobil iste'molçilarga yetkaziliş jarayonida.
Tesla ötgan çorakda 24 500 avtomobil sotgan. Kompaniya sotuvlarni hisoblaşda "konservativ" usuldan foydalanişini ta'kidlaydi, ya'ni avtomobil xaridorga yetkazilgandan keyingina sotilgan hisoblanadi.
Kompaniyada ma'lum qilinişiça, avtomobillarni işlab çiqariş va sotiş - kompaniya moliyaviy daromadining asosiy, lekin yagona körsatkiçi emas.
Yaqinda Tesla bozor kapitalizatsiyasi böyiça Ford'ga deyarli yetib oldi.












