Texnologiya | 19:37 / 04.04.2017
6636
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi iPhone «suyuq metall»dan korpusga ega bo‘ladi

Foto: imago stock&people / Globallookpress.com

AQSh patentlar va savdo belgilari byurosi Apple kompaniyasining yangi avlod iPhone smartfonlarida Liquidmetal («suyuq metall»)dan foydalanishga doir murojaatini e'lon qildi. U byuroning saytida e'lon qilingan

«Suyuq metall» sirkoniy, titan, nikel, mis va boshqa materiallarning maxsus qotishmasi bo‘lib, ko‘rinishidan shishaga o‘xshaydi. Biroq, u ancha mustahkam, zangga va qo‘llashga yuqori chidamlidir. Bundan tashqari, qotishma o‘ziga yetadigan turli salbiy ta'sirlarni yo‘qota oladi. 

Bu material avval ham Apple patent murojaatlarida qayd etilgan. Biroq, mazkur hujjat, bu metalldan yangi iPhone korpusini tayyorlashda foydalanilishini tasdiqlaydi. Chunki, hujjatga ilova qilingan suratlardan birida «"Suyuq metall"li korpusga ega bo‘lg‘usi iPhone» degan yozuvlarni ko‘rish mumkin.

2016 yil oktabrida iPhone 8 shisha korpusga ega bo‘ladi. Shishali panellarni Biel Crystal Manufactory va Lens Technology kompaniyalari ishlab chiqaradi. Insayderlik ma'lumotlariga ko‘ra, smartfon 5,8-dyuymli OLED-displeyga ega bo‘ladi. 

Liquidmetal Kaliforniya texnologiya instituti ilmiy guruhi tomonidan ishlab chiqarilgan edi. Shundan so‘ng, texnologiyani tijoriy maqsadlarda tarqatish uchun Liquidmetal Technologies kompaniyasiga asos solingan edi. Ayni firma Apple kompaniyasiga ushbu texnologiyadan muddatsiz eksklyuziv foydalanish huquqini taqdim etdi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid