“Nima xohlayotganini bilmaydigan inson topgan narsasini qadriga yetmaydi”. Dono sözlar, şunday emasmi? Darhaqiqat, inson erişgan yutuqlariga quvonişi, Yaratganga şukronalar aytişi uçun avvalambor unda maqsad bölişi kerak. Ana öşa maqsadi amalga oşsagina, hayotning naqadar yoqimli lahzalarga boy ekanligini anglab boraveradi. Aslida nima xohlayotganini tölaligiça aniqlab oliş murakkab. Ba'zida nimalarnidir niyat qilib, şunga intilamiz-da, xohiş-istaklarimiz röyobga çiqqanidan söng haqiqiy maqsadimiz bu emasligini anglab qolamiz. Ana şunday vaziyatlar insonga maqsadni töğri qöyiş kerakligini, xohiş-istak - boşqa, haqiqiy maqsad - boşqa ekanligini örgatadi.

Kiçkintoylardan “Katta bölganda kim bölişni xohlaysan?” deb sörasangiz, bir "uçuvçi" deyişsa, ertasi kuni "harbiy bölaman" degan javobni eşitasiz. Zero ularning hayot haqidagi tasavvurlari endigina rivojlanib kelayotgan, kasb-hunar haqidagi tuşunçalari kundan-kunga özgarib, sayqallanib borayotgan davr böladi. Ular bugun televizordagi qöşiqçiga havas qilib san'atkor bölişni xohlaşsa, ertaga öqituvçilariga mehr qöyib, murabbiy bölişni istab qolişadi. Bu kabi holatlar bolaning  dunyoqaraşi ösişi va bora-bora aniq bir kasbni tanlab, mutaxassis bölişga harakat qilişi uçun zamin yaratadi. 

Bugungi kunda uçrab turadigan yana bir holat borki, biz unga nisbatan “Ha, bu ham normal holat, hali bir kun kelib öz maqsadini aniqlab oladi-da” deb ayta olmaymiz, ya'ni maktab bitiruvçilari u yoqda tursin, kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyni tamomlaş arafasida turgan yigit-qizlarning aksariyati ham negadir “kim bölişni xohlaysan?” degan savolga aniq javob bera olmay, qiynalib qolişmoqda. Axir ularning özlari biror kasbni tanlab, şu soha professionali bölişga harakat qilişmasa, ularni majburan malakali şifokor yoki öqituvçi qilib bölmaydi-ku! 

Aynan şu masala yuzasidan bir voqeani bayon etsak: “Sojida yoşligidan ilm olişga mehr qöygan, tirişqoq öquvçi bölib kelgan. Barça fanlardan a'lo baholar olib, sinfning uddabujamiyatron öquvçilaridan biri deya e'tirof etiladigan Sojida bitiruvçi sinf bölsa hamki, nima uçundir aniq bir sohani tanlay olmay qiynalib qoldi. Ota-onasi “Öz könglingga qara, qaysi sohada kelajagingni tasavvur qilsang, ana şuni tanla” deb maslahat berişiga qaramasdan, qizça şifokorlik yoki huquqşunoslik kasblaridan birini tanlay olmay ikkilanmoqda. Maktabni bitirgaç, "Bir qarorga keldim" deya huquqşunoslik sohasiga oid kollejga kirdi, ammo bu soha ham unda qiziqiş uyğota olmayotganidan noligani-noligan. Ota-ona ham hayron - negaki, farzandining oliy ta'lim sohasiga qadam qöyadigan vaqti ham tobora yaqinlaşib kelayotgan, Sojida esa hali ham qaysi kasbni tanlaşni bilmay, boşi qotgan”. 

Bugungi kunda köp uçraydigan voqealardan biri, şunday emasmi? Masalaning bir neça jihati borki, ularni birma-bir tahlil etib körmoq lozim. Birinçidan, Sojida yoşligidan ilmga mehr qöygani e'tirof etilganiga qaramasdan, u fanlarni özlaştirişga dangasalik qilayotgani uçun ham, aynan qaysi sohani tanlaşni bilmay ikkilanayotgan bölişi mumkin. Yoki har kimdan har xil maslahat eşitaverganidan söng yanada muşkul tanlovga tuşib qolgan bölişi ham ehtimoldan holi emas. Bunday vaziyatda eng töğri yöl - bolani özi qiziqiş bildirgan kasb mutaxassislari bilan suhbatlaştiriş, ularning fikr almaşişi va töğri yölni körsata bilişidir.