2017 yil 3 aprelda Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida OAV vakillari uçun matbuot anjumani bölib ötgan haqida avval xabar berilgan edi. Unda, agentlik tomonidan Koreyada mehnat qilişni istovçilar uçun röyxatga oliş jarayonida yuz bergan va xalq orasida, ijtimoiy tarmoqlarda keng miqyosda muhokama qilingan kamçiliklarga izoh berildi. Ular haqida avvalgi xabarlarda batafsil yozildi.
Anjumanda migratsiya agentligi mutasaddilari, fuqarolarning murojaatlariga javob beruvçi Call-center markazi vakili ham iştirok etdi. Matbuot anjumanida yuzaga kelgan vaziyat xususida oşkora fikr almaşuvlar böldi. OAV vakillari savollariga javob berildi. Ammo, migratsiya agentligi tomonidan berilgan javoblar kişini qoniqtiradigan darajada aniq va lönda böldi, deya olmaymiz.
Xususan, test topşirişga saralaş bosqiçida berilgan savollarga töla javob berişi da'vogarning Koreyada muvaffaqiyatli işlab ketişini qançalik kafolatlaydi, degan savol oçiq qoldi. Aniqroği, tuşunarli javob berilmadi. Ya'ni, bularning barçasi mehnat migratsiyasini tanlagan kişining saviyasini aniqlaş uçun qilingani aytildi. Saviya noma'lum Ahmadning qaçon ölganiga öxşaş savollar bilan ölçanadimi, degan savolga esa, texnik nosozlik va e'tiborsizlikka yöl qöyilgani vaj qilindi.
Koreyada işlaydigan odam koreys iş beruvçisi bilan koreys tilida muloqot qila olişini aniqlaş uçun tarix, huquqşunoslik, geografiya va boşqa fanlardan savollar beriş notöğri emasmi, deb söralganda Koreyaga işga boruvçilar yuqori texnologiyali uskunalarni yuritişlari ta'kidlandi. Şu örinda, öşa yuqori texnologiyali asbob-anjomlariga doir savollar nima uçun taqdim etilmadi, degan savol ham oçiq qoldi.
Şu bilan birga, agentlik rahbariyati OAV vakillari uçun doim oçiqligini, har qanday savollar va takliflarni örganib çiqişga tayyorliklarini bildirdi. Jumladan, testni taşkil etiş, bu jarayonni yanada oşkora va şaffof ötkaziş ustida iş olib borilişi, biroq bu keyingi röyxatga oliş jarayonlarida amalga oşirilişi qayd etildi. Login-parol bilan kirib bölmayotgani xususidagi savolga quyidagiça javob berildi. Köpçilik ğarazgöylar bir pasport ma'lumotini bir neça marta kiritişgan. Öxşaş ism-şariflar anketalar töldirilgandan keyin ötkazilgan maxsus tekşiruvlar jarayonida öçirib yuborilgan. Şu sababli, login-parol birikkan ism-şariflar bazada bölmagani sababli şunday holat kuzatilgan.













