Boş vazir Abdulla Aripov tomonidan Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (ÖzMTRK) raisiga axborot siyosati böyiça yangi örinbosar tayinlandi.

«Kun.uz» manbasining ma'lumot berişiça, turkum televizion loyihalar muallifi va prodyusseri, OAV sohasi eksperti Bobur Botiroviç Alixonov ÖzMTRK raisi Xurşid Mirzohidovning örinbosari vazifasini bajaradi.

Bobur Alixonov 1983 yildan boşlab televideniyeda turli lavozimlarda işlab kelgan. Öz vaqtida Axborot direksiyasi direktori  bölgan Alixonovning sönggi iş joyi UzReport kanali bölib qolayotgandi. U bu kanalda boş prodyuser lavozimida işlagan.