Tailand poytaxti Bangkok şahrida "Qirol kubogi-2017" xalqaro turnirida iştirok etayotgan Özbekiston terma jamoasi boksçilari bugun bahslarni davom ettiradi.

Bellaşuvlarga ikkinçi davradan qöşilgan Olimpiya öyinlari ğolibi va Osiyo çempioni Hasanboy Dösmatov birinçi jangini filippinlik Palam Karloga qarşi ötkazadi.

Yana bir Olimpiada çempioni Şahobiddin Zoirov joriy mavsumdagi ilk jangida Xitoy Taypeyi vakili Kao Şin Yyen bilan bellaşadi.

Olimpiya öyinlari sovrindori Murodjon Ahmadaliyev filippinlik Jyeyms Paliste, jahon çempionati bronza medali sohibi Elnur Abduraimov turkmanistonlik Zufar Saparboyev bilan kuç sinaşadi.

Xalqaro turnirdagi dastlabki ğalabasini nişonlagan Isroil Madrimov Xitoy Taypeyi boksçisi Kan Çia Vey, Şahram Ğiyosov hindistonlik Manoj Kumarbilan raqobatlaşadi.

Jasurbek Latipovning ikkinçi davradagi raqibi tailandlik Kritipak Duangnut böladi.