Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarinirağbatlantiriş töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.

9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlaş kuni ötkazilişi, şuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinçi jahon uruşida faşizm ustidan qozonilgan ğalabaning 72 yilligi nişonlanişi munosabati bilan hamda uruş qatnaşçilari va nogironlarini moddiy rağbatlantiriş maqsadida:

1. 1941-1945 yillardagi Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga 2 000 000 (ikki million) söm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.

2. Mazkur Farmonni bajariş bilan boğliq sarf-xarajatlar Özbekiston Respublikasi byudjyeti mablağlari hisobidan amalga oşirilsin.

3. Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 1941-1945 yillardagi Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga uşbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topşirilişi ta'minlasin.

4. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar 
va Toşkent şahar hokimliklari Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Xotin-qizlar qömitasi, «Kamolot» Özbekiston yoşlar ijtimoiy harakati, Badiiy akademiya, Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi, «Nuroniy» jamğarmasi va «Mahalla» xayriya jamoat fondi, boşqa nodavlat notijorat taşkilotlari bilan birgalikda vatanimiz ozodligi va şa'ni-şarafi himoyaçilariga bağişlangan maxsus uçraşuvlar va ma'rifiy-badiiy keçalar ötkazsin.

5. Uşbu Farmonning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.