Koreyaning Tegu şahridagi ilm-fan va texnologiyalar Instituti olimlari qariş jarayonini töxtatib qöyişga qodir moddani topişdi. Bu haqda EurekAlert! sayti xabar bermoqda.
Ma'lumki, hujayralar qarişining sabablaridan biri lizosomalar tanazzulidir. Bu organoidlarda biopilomerlarning (DNK va oqsil) yorilişi demak. U hujayraga zararlangan qismlardan voz keçiş imkonini beradi.
ATM oqsili yoki serin/treoninli proteinkinaza vakuolyar ATF-aza deya ataluvçi fermentga fosfor guruhini birlaştiradi, natijada lizosomalar faolligi pasayadi. Tadqiqot guruhi hujayralar bilan tajribalar ötkazib, KU-60019’ning birlaşişi ATM’ni tösib qöyişini hamda fosforlaştiriş darajasini pasaytirib, qariyotgan hujayralar funksiyasini tiklaşini aniqladi.
Olimlar birikma samarasini hayvonlar modellarida – DNKsiga modifikatsiyalar kiritilişi tufayli tez qariydigan organizmlarda tekşiriş körişni rejalaştirişgan. Tadqiqotçilar uşbu preparatni qabul qiladigan kişilar umri davomiyligi qanday özgarişini aniqlaş niyatida.












