Suriyada kimyoviy quroldan foydalangan holda hujumning amalga oşirilişi Başar Asadning prezident sifatida «vahşiylik va berahmlik bilan» siyosat yuritişini körsatadi. Reuters agentligi AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson bayonotidan şunday iqtibos keltirmoqda.
Uning qöşimça qilişiça, Asadni himoya qilayotganlar, «xususan, Rossiya va Eron» Asadga yoki uning niyatlari borasida xomxyolga berilmasligi kerak.
«Öz xalqiga hujum qiliş uçun kimyoviy quroldan foydalanganlar insoniylik axloqiga zid harakat qilgan böladi va javob berişi kerak», — degan Tillerson.
Avvalroq, Suriya armiyasi Idlib viloyatida kimyo qurolini qöllaganini rad etgan edi. Uşbu kimyoviy xuruj oqibatida önlab kişilar halok bölgani aytilmoqda.













