AQŞning Kaliforniya universitetilik kimyogarlar guruhi özini özi tiklovçi hamda elektr quvvatini ötkazuvçi materialni yaratişdi. Bu uni smartfonlarga displey sifatida işlatiş imkonini beradi, deb xabar bermoqda Business Insider.

Tadqiqot mualliflaridan biri Çao Vanning aytişiça, material sinov jarayonlarida qiriliş va turli ehtimoliy zarar yetkazilişga ança yaxşi bardoş bergan. Agarda uni ikkiga bölib taşlansa, butunlay tiklanişi uçun bir sutkadan kamroq vaqt talab etiladi. U şuningdek boşlanğiç uzunligidan 50 marotabaga kattalaşişi ham mumkin.

Materialga iop-dipolli özaro harakat sifatida maşhur bölgan valentli aloqa turi asos qilib olingan. Şu tariqa, unga zarar yetsa yoki ikkiga bölib taşlansa, ion hamda molekulalar bir-biriga yaqinlaşadi va yuza qismi tiklanadi.

Mualliflarning bildirişiça, yaratilgan yangi material smartfonlardan taşqari, robototexnika va biosensorlarda ham qöllanilişi mumkin.