2020 yilga kelib «Özbekengilsanoat» AJ öz mahsuloti eksport salohiyatini 2,5 mlrd. AQŞ dollariga qadar yetkazişni rejalaştirmoqda. 

Ma'lumotlarga köra, yaqin yillar içida qiymati 2,2 mlrd. dollar bölgan 132ta yangi investitsion loyihalar amalga oşiriladi. Ularning qariyb 50 foizi xorijiy sarmoyalar va kreditlarni jalb etişni nazarda tutadi. 

Şuningdek 112ta zamonaviy, yuqori texnologiyali işlab çiqarişlarni taşkil etiş hamda 20ta amaldagi quvvatlarni kengaytirşi, modernizatsiya qiliş va texnologik jihatdan qayta jihozlaş möljallangan.

Maqsadli parametrlarning realizatsiyasi eksport salohiyatini yiliga 2,5 mlrd.ga qadar oşiriş va qöşimça 25 ming yangi iş örnini yaratiş imkonini beradi.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, ötgan yilda «Özbekengilsanoat» AJ korxonalari tomonidan sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi 18,1 foiz (3,7 trln söm), xalq iste'mol tovarlari - 22,3 foiz (1,7 trln söm), mahsulot eksporti – 32 foizni ($1,146 mlrd dollargaça) taşkil etgan.

«Özbekengilsanoat» tarkibiga 400dan ziyod sanoat korxonalari kiradi. Ularning respublika tekstil mahsuloti eksporti umumiy hajmidagi uluşi 82 foizga teng.