“Özbekengilsanoat” AJ korxonalari eksport geografiyasi kengayib, 54 ta mamlakatni qamrab olgan. 

Bundan taşqari, “Özbekengilsanoat” korxonalari tomonidan xorijda ta'sis etilgan savdo uylarining soni tobora ortib bormoqda. 2016 yilda ularning umumiy soni 44 taga yetib, 2015 yilga nisbatan ösiş sur'atlari 110 foizni taşkil qildi. 

Şuningdek 2016 yilda işga tuşirilgan quvvatlarning umumiy qiymati 123,0 mln. dollarni taşkil qildi. Yangi işlab çiqariş korxonalari işga solinişi hisobiga “Özbekengilsanoat” AJning eksport salohiyati bir yilda 53,3 mln. dollarga ortdi va ayni paytda 3165 ta yangi iş joylari yaratildi.  

2016 yil yakunlari böyiça tarmoqning 200 dan ortiq korxonalari xorijda va Özbekistonda ötkazilgan 23 ta körgazma va yarmarkalarda muvaffaqiyatli qatnaşdilar, va ularning natijalari böyiça 1,021 mlrd. dollardan ortiq miqdordagi uzoq muddatli kontrakt va şartnomalar tuzilgan bölib, bu 2015 yil körsatkiçlariga nisbatan 2,4 baravar köpdir. 

Biznes-forumlar va “V2V” formatida bevosita muzokaralarni ötkaziş yöli bilan Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Taşqi işlar vazirligi bilan birgalikda yangi, salohiyatli xaridorlarni izlaş, mahalliy işlab çiqaruvçilar va ularning mahsulotlarining xorijiy iste'molçilari örtasida hamkorlik örnatiş işlari faollaştirilgan.  

Bolgariya, Turkiya, Ukraina va Belarusda ötkazilgan birgalikdagi tadbirlar natijalari böyiça uşbu mamlakatlarga qiymati 50 mln. dollardan ortiq töqimaçilik mahsulotlarini eksport qiliş böyiça qöşimça bitimlar tuzilişiga erişildi.