Buxorolik Farhodbek Möminov (ism-familiyalar özgartirilgan) 29 yoşida, ya'ni 2015 yilning fevral oyida ezgu niyat bilan tadbirkorlikka qöl urdi. Tegişli tartibda röyxatdan ötib, oziq-ovqat va quriliş mahsulotlari ulgurji savdosiga ixtisoslaşgan “Sintez Savdo” mas'uliyati çeklangan jamiyatini ta'sis etdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Dastlabki faoliyatini boşlaş uçun F.Möminov pul ötkaziş yöli bilan 1 mlrd. 379 mln. 300 ming sömlik turli oziq-ovqat mahsulotlari va quriliş materiallari xarid qilib, işni boşladi. Savdodan tuşayotgan pullarni körgan F.Möminovning fikri özgardi. Niyati buzilib, uç oy davomida pul ötkaziş yöli bilan MÇJga kirim qilingan mahsulotlarni naqd pulga sotib yubordi. Pullarni esa na nazorat-kassa maşinasidan ötkazdi, na bankdagi hisob raqamiga topşirdi.
Oradan ma'lum vaqt ötgaç, F.Möminov “qor yoğib, izlar yopildi”, degan xayolga bordi, şekilli, bankdagi hisob raqamidan pul ötkaziş yöli bilan yana 1 mlrd. 917 mln. sömlikdan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari va quriliş materiallari sotib oldi. Bu safar ham savdodan tuşgan pullar bankka kirim qilinmay, MÇJ rahbarining manfaatlari yölida sarflandi. Yil yakunida MÇJning faoliyati DSI xodimlari tomonidan tekşirilganida F.Möminovning yana bir jinoyati foş etildi. Ma'lum bölişiça, u MÇJning öta muhim ahamiyatga ega bölgan, qat'iy hisobda turuvçi birlamçi buxgalteriya hujjatlarini yöq qilib yuborgan ekan.
Tekşirişlar jarayonida “uddaburon” tadbirkorning qonunbuzarliklari birin-ketin yuzaga qalqib çiqdi. Pirovardida unga nisbatan jinoiy iş qözğatildi...
Sud işni atrofliça va xolisona körib çiqib, F.Möminovga uç yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinladi.












