CNN Money agentligi General Motors boş direktorini sohadagi eng katta maoş oluvçi rahbar, deb topdi. Meri Barra 2016 yil mobaynida 22,6 million dollar işlab topib, reytingni ketma-ket ikkinçi bor boşqarmoqda.
Tahlilçilarning qayd etişiça, ötgan yili Barra xonim 2015 yildagiga nisbatan 21 foizga kamroq pul işlab topgan, biroq bu hol u va GM top-menejyerlarining aksiyalar böyiça opsionlarni oliş sxemasining öziga xosligi bilan tuşuntiriladi. Agar bu hol hisobga olinmasa, 2016 yilda uning maoşi deyarli 30 foizga ösgan.
Meri Barra General Motors direktori lavozimini 2014 yilda egallagan va yirik avtokonsernni boşqarayotgan ilk ayol bölgan. Hali lavozimga tayinlanguniga qadar u avtomobil sanoatidagi eng nufuzli ayol, deya tan olingan edi. Bundan taşqari, 2015 yilda dunyoning eng buyuk ellik yetakçisi röyxatiga ham tuşgan (töqqizinçi örin).
Ikkinçi örinda Ford rahbari, 22, 1 million dollar (2015 yildagidan 19 foizga köp) işlab topgan Mark Filds bormoqda. Kuçli uçlikni FCA da xuddi şu lavozimni egallab turgan Serjio Markionne yakunlab bergan. Bu rahbar 2016 yilda 9,9 million yevro (10,6 million dollarga) yaqin pul işlagan.
Volkswagen boş direktori Mattias Myuller 7,3 million yevro yillik maoşi (7,8 mln. dollar) bilan törtinçi örinni egallagan. Reyting mualliflarining qayd etişiça, yapon avtosanoati rahbarlari yevropalik va amerikalik hamkasblariga nisbatan juda kam işlab topişadi.
Sohaning eng kam pul işlab topuvçi rahbari Tesla Motors’ni boşqaryotgan Ilon Mask hisoblanar ekan. 2015 yilda firma uning maoşi borasida ommaga rasman e'lon qilganida yiliga 38 ming dollardan kam ekanligini ma'lum bölgan edi. Öşanda bu summa Kaliforniyadagi amaldagi 80 soatlik iş haftasi uçun tölanişi lozim bölgan minimal maoşga asoslangani aytib ötilgan edi. Lekin Ilon Maskka "Tesla"ning 33,6 million aksiyasi tegişli va u 10 milliard AQŞ dollariga baholanadi. Bu esa uni dunyodagi avtomobil kompaniyalari rahbarlari içra eng boyiga aylantiradi.












