Tailand qiroli Maxa Vatçiralongkon (Rama Öninçi) mamlakatning yangi konstitutsiyasini imzoladi, deb xabar bermoqda Reyter agentligi.

Ma'lumotlarga köra, Tailand yangi konstitutsiyasini imzolaş tantanali marosimi butun davlat böylab namoyiş etilgan. Agentlikning ta'kidlaşiça, bu mamlakatda umumxalq saylovlarini ötkaziş uçun qöyilgan muhim qadamdir.

Xabar qilinişiça, eng asosiy özgarişlardan biri qirolga aloqador böldi. Endilikda u boşqa davlatlarga muvaqqat qirol tayinlamay turib safar qiliş imkoniga ega böldi. Boşqa tuzatişlarga oydinlik kiritilmagan.

Avvalroq mamlakat boş vaziri örinbosari Visanu Kxria-Ngam Tailandda umumxalq parlament saylovlari 2018 yilning fevralida bölib ötişi haqida xabar bergandik. Bu 2014 yilgi harbiy töntarişdan söng ilk bora röy beradi.