Yangi tadqiqot ma'lumotlariga köra, 2035 yilga borib musulmon oilalarida tuğilgan gödaklar soni nasroniy oilalarda tuğilganlardan oşib ketadi, deb yozadi Telegraph.

Pew tadqiqot markazi tomonidan e'lon qilingan natijalarga köra, keyingi ön yilliklar içida Islom diniga e'tiqod qiluvçilar eng tez ösayotgan diniy jamoaga aylanişadi. 

Qayd etilişiça, uzoq  yillar mobaynida nasroniylar dunyo aholisining uçdan bir qismini taşkil etib, jahondagi eng yirik diniy guruh nomiga egalik qilib kelişayotgan edi. Bu borada musulmonlar ikkinçi örinda.

Taxminlarga köra, özini biror bir diniy jamoaga taalluqli emas, deb hisoblovçi insonlar soni, keyingi ön yilliklar içida qisqara boradi.