Mualliflik huquqi uçun eng maşhur olişuvlar qanday keçganini bilasizmi? Sud uçun qança mablağ sarflanganini-çi?

Yirik kompaniyalar mualliflik huquqi uçun tez-tez tortişib turişadi. Ba'zida taniqli brendlarning özaro tortişuvi iqtisodni tölaqonli rivoji uçun öz hissasini qöşadi. Diqqat qiling, e'tiboringizga dunyodagi eng katta sud olişuvlarini havola etamiz.

10. Dyson Hoover’ga qarşi, 2000 yil

Davomiyligi: 1 yil

Ğolib: Dyson

Zarar: 4,9 mln dol­la­r

Tortişuv sababi: Dyson vakillari öz arizasida Hoover kompaniyasini çiqindilar töplaşda qopsiz işlaydigan çangyutgiç patentini buzganlikda ayblaşdi. Mazkur tex­no­lo­giya Jyeym­s Dayso­n ixtirosi bölib, Hoover Vortex modelida işlatilgan. Hoover ikki marotaba appelyatsiyaga beradi va har ikkisida ham mağlub böladi. Bundan taşqari, Hoover Vortex modelini sotişi ham man etiladi.

9. Oracle SAP’ga qarşi, 2007 yil

Davomiyligi: 7 yil

Ğolib: Oracle

Zarar: 357 mln dol­la­r

Tortişuv sababi: Oracle qayd etişiça, SAP kompaniyasining TomorrowNow bölimidagi xodimlar noqonuniy tarzda Oracle serveridan mualliflik huquqi bilan himoyalangan hujjat va dasturlarni yuklab olişgan. SAP qonun buzganlik holatini tan oladi va kelişişga harakat qiladi. Biroq sud baribir Oracle uçun 1,3 mlrd dol­la­r hisobida tovon puli tölaşni talab qiladi. Keyinçalik bu qiymat 357 mln dol­la­rga tuşadi va har ikki kompaniya şu qarorga keladi.

8. 20th Century Fox kinostudiyasi Universal Studios’ga qarşi, 1978 yil

Davomiyligi: 2 yil

Ğolib: Universal Studios