Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi tashkil qilingan Investitsiya qo‘mitasiga rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga rahbar tayinladi. Prezidentning 2017 yil 6 aprelidagi farmoniga muvofiq, Azim Ahmadxo‘jayev qo‘mita raisi lavozimiga tayinlangan.
Azim Ahmadxo‘jayev bungacha «Asaka» banki boshqaruv kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Investitsiyalar davlat qo‘mitasi Prezidentning 2017 yil 31 martdagi farmoni bilan tashkil etilgan edi.
Ma'lumot uchun, Azim Ahmadxo‘jayev o‘z vaqtida O‘zbekiston SSR KP MQ mafkura masalalari bo‘yicha kotibi bo‘lgan Ra'no Abdullayevaning nabirasi hisoblanadi. Ra'no Abdullayeva esa akademik Habib Abdullayevning farzandi.
Ra'no Abdullayeva 1963-1971 yillarda VLKSM birinchi kotibi, O‘zbekiston SSR KP MQning mafkura masalalari bo‘yicha kotibi bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:51 / 11.11.2025
"Proyekt": RFda yuqori darajadagi davlat xizmatchilarining 76 foizi hokimiyatda qarindoshlarga ega
14:56 / 29.10.2025
Asakabankning Toshkentdagi binosi 187,7 milliard so‘mga sotildi
13:00 / 09.09.2025
Maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
10:29 / 21.06.2024