Buick markasining yangi Velite 5 modeli Chevrolet Volt’ning körinişi özgartirilgan versiyasi hisoblanadi. Quvvatlanuvçi maşina Xitoy bozoriga möljallangan va uning boşqa davlatlarda sotilişi böyiça ma'lumotlar yöq.

Velite 5 taşqi körinişi böyiça Chevrolet Volt’dan radiator panjarasi, bamperlar va kunduzgi yuriş çiroqlarining yoruğlik diodli bloklari bilan ajralib turadi. Yangi model saloni "Volt"niki kabi bölib, qoplama materiallari bilangina farqlanadi. Yangi model 1,5 litrli 102 ot kuçiga ega benzinli motor, 118 va 65 ot kuçi beruvçi ikkita elektrodvigatel, litiy-ionli batareya va variator bilan jihozlangan. Maşina töliq quvvatlangan elektrodvigatellarda 116 km, gibrid rejimda esa 768 km yöl bosib öta oladi. Maşinaning töliq quvvatlanişi uçun 4,7 soatga yaqin vaqt ketadi.

Velite 5 10 ta xavfsizlik yostiqçasi, raqamli asboblar paneli, 8 dyuymli taçskrin va Apple CarPlay’ni qöllab-quvvatlovçi multimedia tizimi, moslaşuvçan iqlim-nazorati, harakatlaniş polosasida uşlab turiş tizimi, avtoparkovkaçi bilan jihozlangan.

Xetçbek 18 aprelda ilk bor ommaga namoyiş qilinadi. Maşina Xitoyda General Motors va SAIC kompaniyalarining qöşma korxonasida işlab çiqariladi.