"Formula-1"ning Xitoy gran-prisi payşanba kuni Şanxayda boşlanadi. "Ferrari" jamoasi Melburndagi muvaffaqiyatdan söng ğalabali seriyani davom ettiriş va mavsum favoriti "Mersedes" bilan kuraş olib borişga umid qilmoqda.
Xitoy gran-prisi Şanxaydagi avtodromda 7-9 aprel kunlari bölib ötadi. Birinçi bosqiçdan söng umumiy jadvalda "Ferrari" poygaçisi Sebastyan Fettel (25 oçko) yetakçilik qilmoqda, ikkinçi örinda "Mersedes" vakili Lyuis Hemilton bölsa, uçinçi poğonada uning jamoadoşi Valtteri Bottas (15) bormoqda.
"Ferrari" VS "Mersedes"
"Ferrari" çempionatning birinçi bosqiçidayoq mavsumoldi testlar natijalari va mutaxassislar başorat asossiz bölmaganini körsatdi, hamda bu mavsumda nafaqat jahon çempionligi uçun, balki konstruktorlar Kubogi uçun ham kuraş olib borişga umid qilmoqda.
Şu bilan birga, çempionat yetakçisi juda kamtarona izohlar bergan. "Sovrin uçun poyga juda uzun yöldan iborat. Ayni damda Avstraliyadagi muvaffaqiyatdan keyin yettinçi osmonda suzib yurgandekmiz, göyo. Mening startdan unçalik könglim tölmadi, biroq bosim ötkazişga intildim hamda kuraş olib borişga tayyor ekanligimni körsatib qöydim. Biroz omad ham yordam berdi", - deya aytib ötdi Fettel.
Statistikani yodga olgan holda şuni ta'kidlab ötiş joizki, aynan "Ferrari" va "Mersedes" ayni damda Xitoy Gran-prisidagi ğalabalar soni böyiça bir xil körsatkiçga ega – bu jamoalar Şanxayda tört bora yutişgan. Şanxayda tört marta tengsiz bölgan Hemiltonga trassa Fetteldan Melburndagi mağlubiyat uçun qasos olişga yaxşi imkoniyat beradi.
Xitoy Gran-prisidagi birinçi va ikkinçi erkin amaliyotlar Şanxayda juma kuni bölib ötadi, ular Toşkent vaqti bilan 07:00 va 11:00da ötkaziladi. Uçinçi erkin amaliyot esa 8 aprel kuni ötkaziladi va Toşkent vaqti bilan 09:00da bölib ötadi, şundan söng saralaş bahslarini ötkaziş rejalaştirilgan. Poyga esa 9 aprelga möljallangan hamda Toşkent vaqti bilan 11:00da boşlanadi.












