Hindiston politsiyasi örmonda maymunlar bilan yaşagan qizning şaxsini aniqlaşga harakat qilmoqda, deb xabar bermoqda "Assoşieyted Press" axborot agentligi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, qutqaruvçilar 10-12 yoşli ozib-tözib ketgan qizni yanvarda Hindiston şimolidagi örmonda aniqlaşgan. Qiz özini hayvonlardek tutgan: emaklab yurgan, kiyim-keçaksiz bölgan va poldan ovqat yegan. Qizça şuningdek sözlaşişni ham bilmagan. Qutqaruvçilar qizni örmondan olib ketayotganlarida ularga maymunlar galasi hujum qilgan.   

Hozir qizça şifoxonada qolmoqda. Politsiya uning ota-onasi kimligini va u qanday qilib örmonga bir özi tuşib qolganini aniqlaştirmoqda.