Afğonistondagi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi IŞID terrorçilari yangi daromad manbasiga aylandi. Bu haqda Rossiya TIVning yangi çaqiriqlar va tahdidlar departamenti direktor örinbosari Dmitriy Feoktistov ma'lum qildi.
"IŞID energetika infratuzilmasi jiddiy ravişda buzilganini e'tiborga olib, ularning kiçik moliyaviy oqimlarni oşiriş yoki yangilarini qölga kiritiş böyiça harakatlariga jiddiy ravişda munosabatda böliş kerak. Yangi manbalardan biri (mablağlarning) – bu Afğonistondagi giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi. IŞID ayniqsa, mamlakatning şimoliy viloyatlaridagi bunday aylanmalarni öz nazoratiga olişga urinmoqda", - deya aytib ötdi Feoktistov.
Uning sözlariga köra, “2016 yilda Afğonistonda narkotiklar işlab çiqariş hajmi ança oşdi, yakuniy qiymat esa 110 milliard dollar, deb baholanmoqda”.











