Iş haqini öz vaqtida tölaş har bir kompaniya va korxona uçun muhim ahamiyatga ega. Bunda biznesning katta-kiçikligi rol öynamaydi. Xöş, banklar plastik kartalarga ötkazilayotgan iş haqlarining neça foizini naqd körinişda taqdim etadi. Norma.uz sayti şu masalaga oydinlik kiritişga uringan.

Prezidentning 2017 yil 2 fevraldagi «Iş haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni tölaş mexanizmini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, biz mahalliy tijorat banklari yangi mijozlar (yuridik şaxslar)ga bu borada qanday xizmatlarni taklif qilayotganiga qiziqdik. Ularga qönğiroq qilar ekanmiz, quyidagi masalaga oydinlik kiritişga harakat qildik, deydi muallif.

«Yangi işlab çiqariş korxonasi röyxatdan ötiş jarayonini yakunlar ekan, öz hisobini oçiş böyiça bankni tanlaydi. Bu töqimaçilik korxonasi bölib, yillik mahsulot aylanmasi 1 mlrd sömni taşkil etadi, har oylik iş haqi ehtiyoji 30-35 mln sömni taşkil etadi, naqd pul kirim qilinişi rejalaştirilmayapti».

Aytiş joizki, deyarli barça tijorat banklari öz rasmiy saytlariga ega, unda ularning faoliyatiga doir ma'lumotlarni oliş mumkin. Ança vaqtdan beri ta'mirlaş jarayoni ketayotgan saytlar bundan mustasno.

Köplab banklar yuridik şaxslarga xizmat körsatiş tariflarini e'lon qiladi. Şu bilan birga, ayrim banklarda abonentlik tölovi aniq belgilab qöyilgan. Mijozga bir neçta tarif rejasi taqdim etiladi va mijozning özi qulay va foydaliroğini tanlaydi. Şunday banklar ham borki, abonentlik tölovi alohida hisoblab çiqiladi. Bunda, belgilanadigan badal pul aylanmasi hajmi, eksport-import amaliyotlari bor-yöqligi, inkassa qilinayotgan pul hajmi, oylik maoşga bölgan ehtiyojdan kelib çiqib belgilanadi.

Debet pul aylanmasiga doir komissiya belgilanişida ham şunday holni kuzatiş mumkin. Sörov natijasiga köra, katta aylanmaga ega mijozlardan 0,2 foiz, kamtarona pul aylanmasiga ega tadbirkorlik sub'yektlaridan 1 foizgaça xizmat haqi olinadi. Ayrim banklarda har bir bajarilgan debet amaliyoti uçun summadan foiz emas, belgilangan tölov olinadi. Bunda debet amaliyoti oy yakuniga köra hisoblanmaydi, balki ayni amaliyot ötkazilayotgan vaqtdagi tölov hajmi hisobga olinadi. Bundan taşqari, faqat çiquvçi amaliyotlar uçun haq olinadi. Kiruvçi amaliyotlar bepul amalga oşiriladi.

Albatta, banklarning saytlarida e'lon qilinmaydigan quyidagi ma'lumotlar oylik maoş tölaydigan yuridik şaxslarda qiziqiş uyğotişi tabiiy. Unda tijorat banklarining «karta/naqd»  körinişada iş haqlarini berişdagi foiz nisbati aks ettirilgan.