Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland Suriyada yuzaga kelgan vaziyat uçun mas'uliyatni mamlakat prezidenti Başar Asad zimmasiga yukladi. 

«Prezident Asad voqealarning bu tariqa rivoji uçun yagona aybdor. Kimyoviy qurol qöllanişi va uning öz mamlakati aholisiga qarşi jinoyatlar sodir etişi Suriyaga nisbatan yangidan-yangi sanksiyalar qöllaşga zarurat tuğdiradi. Fransiya va Germaniya 2013 yili Gutedagi fojiadan keyin ham şunday yöl tutgandi», — deyilgan uşbu siyosatçilarning qöşma bayonotida.

Bundan oldinroq Rossiya Suriyaga raketa zarbalari berilişi ortidan BMT Xavfsizlik kengaşining favqulodda majlisini çaqirişni söragandi.

7 aprelga ötar keçasi AQŞ Xoms provinsiyasidagi Suriya HHK aerodromiga zarba berdi. Pentagon ma'lumotlariga köra, aviabaza hududiga qarata 59 ta Tomahawk qanotli raketasi uçirilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, uşbu hujum oqibatida 7 kişi halok bölgan, 7 kişi jarohatlangan va 7ta samolyot yöq qilindi.